03/05/2023

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-mart oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi  hajmi 430,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2022- yilning  shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,3 % darajada qayd etilgan.

O‘tkazilgan bozor kuzatuvlari ma‘lumotlariga asosan, dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 201,6 mlrd. so‘mni (102,5 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 228,8 mlrd so‘mni tashkil etgan (100,3 %).

 

 

 

Axborot xizmati