03/05/2023

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning  yanvar-mart oylarida viloyatimizda hajmi 611,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan bino va inshootlar qurilishi amalga oshirilgan.

Bu ko‘rsatkich jami qurilish ishlarining 67,7 %ini tashkil qilgan.

Hududlar ichida eng yuqori hajm Urganch shahri (133,8 mlrd so‘m), Xiva (62,1 mlrd so‘m) hamda Hazorasp (58,8 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati