02/05/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.

 Respublika bo‘yicha aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning eng yuqori ulushi Xorazm viloyatida qayd etilgan va 19,1 %ni tashkil etgan.


 Hududlar kesimida aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi:


— Qoraqalpog‘iston R. – 12,3 %

— Andijon viloyati – 8 %

— Buxoro viloyati – 12,6 %

— Jizzax viloyati – 6,9 %

— Qashqadaryo viloyati – 13,7 %

— Navoiy viloyati – 9,7 %

— Namangan viloyati – 12,9 %

— Samarqand viloyati – 5,9 %

— Surxondaryo viloyati – 14,6 %

— Sirdaryo viloyati – 1,5 %

— Toshkent viloyati – 12,1 %

— Farg‘ona viloyati – 17,8 %

— Xorazm viloyati – 19,1 %

— Toshkent shahri – 3,9 %

 

 Matbuot xizmati