02/05/2023

Bugun, 2- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I A.O‘tamuratov Yangibozor tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi O.Karimov bilan birgalikda tumanda yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar faoliyatini o‘rganish yuzasidan kuzatuv o‘tkazdilar.

Kuzatuv davomida joriy yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va keyingi tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha intervyuyer O.Karimovga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Axborot xizmati