26/04/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida narx kuzatuvlari reja asosida davom etmoqda. 2023- yilning 25- aprel kuni navbatdagi  narx  kuzatuvi Shovot tumanining dehqon bozorida olib borildi.

Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov ishtirok etdi. Narx kuzatuvi jarayonida tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi, narx registratori S.Tangriyevga bozorlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.



Axborot xizmati