25/04/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd AQSH dollariga yoki 11,9 % ga oshgan.

3 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 5,7 mlrd AQSH dollari va import 9,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-mart oylarida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvarda 5 mlrd AQSH dollarini, fevralda qariyb 4 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan edi. 

 

Matbuot xizmati