10/04/2023

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-fevral oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 514,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga kamaygan.

Umumiy savdo hajmining 84,7 %i yoki 435,6 mlrd so‘mi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar ichida kichik tadbirkorlikning ulgurji savdo bo‘yicha eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Urganch shahri (232,6 mlrd so‘m), Urganch tumani (71,6 mlrd so‘m) va Xiva tumanida (36,8 mlrd so‘m) qayd  etilgan.

2022- yilning yanvar-fevraliga nisbatan  o‘sish sur’ati esa Gurlan (100,4%) va Yangiariq (100,2 %) tumanlarida kuzatilgan.

  Axborot xizmati