Xorazm viloyatida 2022- yilda norasmiy sektor tomonidan 1 884,7 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari  amalga oshirilgan.

Xorazm viloyatida 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 12 560,2 mlrd so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,4 %ni tashkil qildi.

2022- yilda viloyatimizda asosiy kapitalga O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy  kreditlar hisobidan 333,7 mlrd so‘mlik  investitsiya o‘zlashtirilgan.

2022– yilning yanvar– dekabr oylarida viloyatimizda  159,8 ming t. poliz mahsulotlari  yetishtirilgan.

Xorazm viloyatida 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida 636,9 ming t. sabzavot yetishtirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga  Xonqa tumanining doimiy  aholisi soni  194 906 kishini tashkil qilgan.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Urganch shahrida qayd etilgan va 1 523,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

2022- yilda  viloyat bo‘yicha avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 3- fevral sanasida viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiyaning  har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash – doimiy kun tartibida bo‘lishi lozim” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda barcha tarmoq bo‘limlari  va hududlardagi statistika bo‘limi xodimlari (onlayn) ishtirok etdilar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilda xorijga qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 237,1 mingta televizor eksport qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston 34 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilda 10 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,3 ming tonna limon eksport qilgan. 

Urganch tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni  3 239 taga yetdi.

Xorazm viloyatida 2022- yilda kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 189,1 million AQSH dollarini yoki jami importning  35,0 % ini tashkil etdi.

2022- yilda viloyatimizda 144,5 ming t. kartoshka (2021– yilning yanvar–  dekabriga nisbatan 10,8 %ga ko‘p) yetishtirildi.

Shovot tumanida 2022- yilning 12 oyida 602,3 mlrd so‘mlik  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Tuproqqal’a tumanida 2022-  yilning yakunlariga ko‘ra  ishlab chiqaradigan sanoatning hajmi 9,4 trln so‘mni tashkil qilgan.

2022- yilda viloyatimizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 612,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.