2023- yilning yanvar-fevral oyida  viloyatimiz sanoatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 24,0 %ni, jami hajmi 642,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Qo‘shko‘pir tumanida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida  10,4 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Urganch tumanida 2023- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 724 tani tashkil etib, shundan 2 448 tasi (90,0%) kichik biznes subyektlaridir.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Bog‘ot tumanida 203 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.

Tuproqqal’a tumanida 2023- yilning  yanvar-fevral oylarida  1356,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining 2023- yil yanvar-fevral oylaridagi savdo aylanmasi hajmi 1,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 85,9 %ga teng bo‘lgan.

2023- yil yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyati 42 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

Xorazm viloyatining  2023-yilning yanvar-fevral oylaridagi import hajmi 91,7 mln AQSH dollarini  tashkil qildi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,1 martaga oshdi.

2023- yilning dastlabki 2 oyida  viloyatimizdan xorijga qiymati  48,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar va xizmatlar eksport qilingan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni  25 312 tani tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning  yanvar-mart oylarida 1 463 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.

Bugun, 13- aprel kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U. Bardiyev Xiva shahrida iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdi.

2023- yilning 12- aprel kuni Xorazm viloyatining Shovot tumani chorva bozorida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov ishtirokida o‘tkazilgan 12-bozor (chorva) kuzatuvi davomida chorva mollarining yosh guruhi bo‘yicha sotilish ko‘rsatkichlari o‘rganildi va natijalari planshetlarga qayd etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 197 781 kishini tashkil etgan.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida 23 891 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi korxona va tashkilotlar  tashkil etilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023- yil 1- yanvar holatiga, Xorazm viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 961,7 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,4 %), shundan sigirlar – 365,1 ming boshni (101,1 %), qo‘y va echkilar – 485,1 ming boshni (102,9 %), otlar – 5,8 ming boshni (101,5 %) hamda parrandalar – 6 518,0 ming boshni (106,8 %) tashkil etdi.

Yangiariq tumanida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida 16,7 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilishi ishlari bajarilgan.