2023- yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari soni 17 232 nafarni tashkil etgan.

2023– yilning yanvar– sentabr oylarida Xorazm viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan ovlangan baliq  hajmi  14 056,9 tonnani tashkil etib, 2022– yilning yanvar– sentabriga nisbatan  o‘sish sur’ati 10 1,1 % darajada qayd etilgan.

Joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda chorvachilik mahsulotlarining 91,8 %i yoki 10 260,1 mlrd so‘mi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-sentabrida kichik biznes  subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 146 030,7 ming AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 64,5 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  Xiva tumanining sanoat ishlab chiqarishi  hajmi 272,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangiariq tumanida 179,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmning 41,0 %i kichik korxona va mikrofirmalar, 59,0 %i norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 860,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangibozor tumanida asosiy kapitalga kiritilgan 322,1 mlrd so‘mlik investitsiyalarning 97,1 %i yoki 312,6 mlrd so‘mini markazlashmagan investitsiyalar tashkil qilgan.

Tuproqqal’a tumanida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida  196,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy hajmning 83,5 %i quyidagi xizmat turlari hissasiga to‘g‘ri kelgan:

Urganch tumanida joriy yilning  yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 522,4 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmning 38,6 %i yoki 201,7 mlrd so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xonqa tumanida 1834,6 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,7 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Shovot tumanining uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 260,8 mlrd so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich chakana savdo umumiy hajmining 45,1 %iga teng bo‘lgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qo‘shko‘pir  tumanida 1203,3 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Xiva shahrida 267,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Bog‘ot tumanida 981,3 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib,  oʻtgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,0 %ni tashkil qildi.

Gurlan tumanida shu yilning yanvar-sentabr oylarida  463,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 % o‘sish qayd etilgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Urganch shahrida 833,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 21,8 %i yoki 181,5 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari 23,8 % tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar moliyaviy xizmatlar (23,2 %), transport xizmatlari (22,9 %), aloqa va axborotlashtirish (6,9 %), shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlar (4,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.