2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha 2 573,8 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmning hududlar kesimidagi ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:

Viloyatimizning barcha tumanlaridan tanlab olingan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida kuzatuvlar oʻtkazilmoqda.

Viloyatimizning barcha hududlarida reja asosida oziq va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining kuzatuvlari tashkil etilmoqda.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 709 594 tani tashkil etgan.

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 24,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 17,1 ming tonna choy import qilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Urganch tumanida 35,7 mlrd so‘mlik yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, viloyat umumiy hajmidagi ulushi 14,2 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning 6 oyida Xorazm viloyati xorijga qiymati 12,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan don mahsulotlarini eksport qilgan.

2024- yilning 1- iyul holatiga Yangibozor tumani aholisi soni 93,1 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,7 % darajada qayd etilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida 368,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning shu davriga nisbatan 110,3 %ni tashkil etgan.

2024- yilning 6 oyida viloyatimizda ishlab chiqarilgan  jami chorvachilik mahsulotlarining 91,3 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2020-2024- yillarning yanvar-iyun oylari davomida viloyatimizning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida jami 2 765 ta  yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.

Xorazm viloyatida 2024- yilning yanvar-iyun oyi yakunlariga ko‘ra, asosiy kapitalga 6 015,4 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib,2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,5% darajada qayd etilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati hududlari kesimida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi:

2024- yil yanvar-iyun oylarida  viloyatimizga 8,9 mln AQSH sanoat mahsulotlari import qilingan bo‘lib, import hajmi 2023 yilning shu davriga nisbatan 26,2 %ga kamaygan.

2024- yilning yanvar- iyun oylarida Qo‘shko‘pir tumanida  166,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2023 yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 115,2 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan viloyatimizda 71 537 tonna kartoshka yetishtirilgan.

Xorazm viloyatida 2024- yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra, norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmning 35,2 %ini yoki 1 045,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 1 124,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 5,1 %ga o‘sgan.