10/03/2023

Bugun, 10- mart kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev tomonidan Gurlan tumanidagi  aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlarida  iste’mol narxlari indeks (INI) kuzatuvi o‘tkazildi.

 

Kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan xizmat ko‘rsatish nuqtalaridagi narxlarning ko‘rsatkichlarini qiyosiy o‘rganish jarayonida, tuman statistika bo‘limi mutaxassisi, narx registratori Q.Urazmatov tomonidan olingan ma’lumotlarni planshetlarga aniq va shaffof holda qayd etib borilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan bir qatorda U.Bardiyev  narx kuzatuvlarida ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan narx registratoriga o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.

 



Axborot xizmati