10/03/2023

Bugun, 10- mart  kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov   va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi  mutaxassisi  Sh.Xudoyberganovlar Qo‘shko‘pir  tumanidagi “Tegalak” mahallasida uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.

Mazkur mahalladan tanlanma kuzatuvga tushgan  xonadon egasi Sh.Avazyazova bilan suhbat jarayonida uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha  olingan  ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.

 

 

Axborot xizmati