Gurlan tumani bozorlarida o‘tkazilgan uyushmagan savdo tanlanma kuzatuvi natijalari jismoniy shaxslar tomonidan 2023- yilning yanvar oyida chorva (parranda) va dehqon (oziq-ovqat) bozorlarida amalga oshirilgan savdo hajmi 16,1 mlrd so‘mni tashkil qilganini ko‘rsatgan.
Ushbu hajmning 3,5 mlrd so‘mi dehqon bozorlaridagi, 12,6 mlrd so‘mi chorva bozorlaridagi savdo hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati