O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
09/03/2023
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- mart holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 161 tani tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar davlatlar kesimida soni: Rossiya – 2 835 ta Turkiya – 1 806 ta Xitoy – 1 763 ta Qozog‘iston – 988 ta Koreya – 748 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 151 ta Xitoy – 65 ta Turkiya – 40 ta Qozog‘iston – 34 ta