Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohasida yirik sanoat korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 9,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan (2022- yilning shu davriga nisbatan 2,9%ga oshgan).
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mazkur sanoat tarmog‘ida tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar 6,8 %ga oshganligi, oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 18,8%ga, xavfsiz chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlar 20,1% ga kamayganligi kuzatilgan.
Axborot xizmati