Joriy yilning 7- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi A.Qurbanov bilan birgalikda Bog‘ot tumanidagi “Dehqonbozor” mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.
Mazkur mahalladan tanlanma kuzatuvga tushgan fuqarolar U.Egamov va O.Islamovlar xonadonida o‘tkazilgan so‘rovnoma jarayonida uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.
Axborot xizmati