06/03/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023– yilning 1– yanvar holatiga viloyatimizdagi otlarning umumiy bosh soni 5,8 mingtaga yetdi.

2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni  87 boshga (1,5 %) ko‘paydi.

Jami otlarning 85,6 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun: respublikamiz bo‘yicha joriy yilning 1- yanvar holatiga otlar bosh soni 269,1 mingtani tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati