06/03/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yil 1- yanvar holatiga viloyatimiz doimiy aholisining tarkibi jinsi va yosh guruhlari bo‘yicha (65 yoshgacha bo‘lganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa jamlangan holda) tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 103,4 ming kishini tashkil etgan.

Erkaklar tarkibida eng kam aholi soni 60-64 yoshlilar hissasiga to‘g‘ri kelib 30,3 ming kishini tashkil etdi.

Shuningdek, ayollar tarkibida ham 4 yoshgacha bo‘lgan qizlar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 95,8 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng kam ayollar soni 60-64 yoshlilar hissasiga to‘g‘ri kelgan, ya’ni 34,1 ming kishini tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati