06/03/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan.

Xususan, Xorazm viloyatidan shu davr ichida 1688 kishi poytaxtga  ko‘chib borgan.

2022- yilda Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni esa 9 703 kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan 256 kishi viloyatimizga ko‘chib kelgan.

 

 

Axborot xizmati