Hazorasp tumanida joriy yilning yanvar oyida faoliyat yuritayotgan 70 ta qurilish tashkiloti tomonidan hajmi 11,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan qurilish ishlari bajarilgan.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi:
bino va inshootlar qurilishi – 10,2 mlrd so‘m,
fuqarolik ob’ektlari qurilishi – 1,4 mlrd so‘m,
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,3 mlrd so‘m.
Hazorasp tumanida bajarilgan jami qurilish ishlarining 52,9% kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati