02/03/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyat bo‘yicha  2023- yilning yanvar oyida  ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,6 %ni tashkil qilgan.

Viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish Urganch (108,1 %) va Xiva shaharlarida (113,7 %), Bog‘ot (106,0%), Qo‘shko‘pir (116,4%), Urganch (106,1%), Tuproqqal’a (114,7 %) va Xiva (106,7%) tumanlarida qayd etilgan.

2022- yilning yanvar oyiga nisbatan  xizmatlar hajmining pasayishi Gurlan (94,6%) va Yangiariq (97,4%) tumanlarida kuzatilgan.

 

Axborot xizmati