01/03/2023
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga oshgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 12,2 % ga yetdi.
2023- yilning fevral oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.
Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Matbuot xizmati