Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 122,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 88,8 % (11,2% kamaygan) darajada qayd etildi.
Shu jumladan, dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 50,2 mlrd so‘mni (77,8 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 72,4 mlrd so‘mni (98,4 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati