Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan viloyatning barcha hududlariga chiqib, idora va tashkilotlarda statistika sohasiga oid yangiliklar, xususan, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida seminar tashkil etib kelinmoqda.
2022- yilning 28- fevral kuni ana shunday navbatdagi tadbir “Xorazm ipagi” MCHJning moliya bo‘limi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yilning 9- aprelida qabul qilingan “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi.
Axborot xizmati