27/02/2023
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.
Eksport hajmi 2021- yil bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga kamaygan.
2022- yilda O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 8,1 ming tonna
Qirg‘iz R. – 1,3 ming tonna
Rossiya – 947,5 tonna
Germaniya – 340 tonna
AQSH – 311 tonna
Ukraina – 288 tonna
Tojikiston – 205,7 tonna
Gruziya – 123 tonna
2022- yilda xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:
— Farg‘ona viloyati – 3 ming tonna
— Surxondaryo viloyati – 2,6 ming tonna
— Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna
Matbuot xizmati