📊Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yanvar oyi yakunida Xorazm viloyatining tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlari tarkibida Pokiston (eksport umumiy hajmining 35,6 %), Rossiya Federatsiyasi (25,5 %), Qirg‘iziston (12,8 %), Turkiya (6,4 %), Eron (4,2 %), Qozog‘iston (4,0%) va Xitoy Xalq Respublikasi (3,2 %) saqlanib qolmoqda.
Hisobot davrida ushbu davlatlarning jami eksportdagi umumiy ulushi 91,7 foizni tashkil etgan.
Axborot xizmati