Joriy yilning 27- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxondigini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Seminarda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlar va tuman (shahar) statistika bo‘limlari (onlayn) boshliqlari ishtirok etishdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan seminarda shu yilning fevral oyida qabul qilingan 2 ta me’yoriy-huquqiy hujjat - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ( 2023- yil 3- fevral, PQ-43-son) hamda “2023- yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ( 2023- yil 16- fevral, PQ-57-son) Qarorlarining asosiy mazmuni va undan kelib chiqadigan vazifalar xususida ma’lumot berib o‘tdi.