27/02/2023

Bugun Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2022- yilning  yakuni bo‘yicha statistika dasturlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlagan hamda faoliyatida yuqori samaradorlikka erishgan bir guruh tarmoq bo‘lim boshliqlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faxriy yorliqlarini topshirish tadbiri o‘tkazildi.

Boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov taqdirlanganlarni tabriklar ekan, bu e’tirof  butun jamoaning keyingi faoliyatida yanada mas’uliyat va fidoiylik bilan mehnat qilishiga zamin yaratishini alohida ta’kidladi.

 

Axborot xizmati