Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 87,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Bu ko‘rsatkich viloyatda bajarilgan jami qurilish ishlarining 53,7 %iga teng bo‘lgan.
Hududlar orasida qurilish ishlarida kichik korxona va mikrofirmalarning eng yuqori ulushi Yangibozor tumaniga (4,9 mlrd so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 69,3 %) va Urganch shahriga (28,6 mlrd so‘m yoki 55,1 %) to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati