22/02/2023

Joriy yilning  22- fevral kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov  va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi  boshi mutaxassisi  N.Abdullayevalar  Urganch shahridagi “Navro‘z” mahallasidan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuviga tushgan   S.Xadjayeva xonadonida respondent N.Jumaniyozova bilan so‘rovnoma o‘tkazishdi.

Aytish lozimki, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

 

 

Axborot xizmati