22/02/2023

Bugun, 22- fevral kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan  navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi  o‘tkazildi.

Urganch shahridagi “Kamolot” mahallasida o‘tkazilgan kuzatuvlarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev, Urganch shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Z.Muhammadiyeva, yetakchi mutaxassisi U.Mo‘minovlar ishtirok etishdi.

4-TJ kuzatuvlari natijasida olingan ma’lumotlar haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

 

 

Axborot xizmati