21/02/2023

Joriy yilning 21- fevral sanasida statistika organlarida tadbirkorlik subyektlari (respondentlar)ga statistika hisobotlarini taqdim etishda ko‘maklashish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini tashkil etishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2021- yil 16- iyulda 3312-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari asosida tadbirkorlik subyektlari bilan tushuntirish ishlarini olib borish, ularga maslahatlar berish, “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etilmoqda.

Seminar davomida boshqarmaning Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i Q.Quryazov tuman (shahar) statistika bo‘limlari mas’ullariga ushbu ishlarni yanada samarali va o'z vaqtida o'tkazish bo'yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.


Axborot xizmati