21/02/2023

Bugun, 21- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev, Xizmatlar statistikasi (M.Egamov), Sanoat statistikasi (U.Matyoqubov), Investitsiya va qurilish statistikasi (G.Hayitbayeva), Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi (R.Atajonov) bo‘limi boshliqlari, hududiy bo‘limlarning boshliqlari ishtirok etishdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining 2020- yil 13- apreldagi 24-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida oylik  statistika kuzatuvlarini tashkil etish bo‘yicha tarmoq bo‘limlari hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga bag‘ishlandi.

Xizmatlar, qurilish, sanoat, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohalari bo‘yicha so‘rovnoma shaklida o‘tkaziladigan mazkur kuzatuvlar asosida olinadigan ma’lumotlarning aniqligi va to‘liqligi mas’ul xodimlarning bilimi va kasbiy malakasiga bevosita bog‘liqligi seminarda alohida ta’kidlandi.

 

 

Axborot xizmati