Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning yanvariga nisbatan 1,5 mlrd. AQSH dollariga yoki 42 % ga ko‘paydi.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 2,1 mlrd. AQSH dollari va import 2,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida jahonning 134 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Matbuot xizmati