21/02/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Shovot tumanida 2022- yilda 2 364,0 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3%ni tashkil qilgan.

Jami mahsulotning 26,4 %i yoki 607,6 mlrd so‘mi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tumandagi  fermer xo‘jaliklari tomonidan 565,2 mlrd so‘mlik  dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan.

Shovot tumanida 2022- yilda viloyat bo‘yicha eng ko‘p - 20 056 tonna meva yetishtirilgan.

 

 

Axborot xizmati