20/02/2023
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali qariyb 9 mln. yo‘lovchi tashilgan.
Yo‘lovchi tashish hajmi 2021- yil bilan solishtirilganda 13,1 % ga oshgan.
2022- yilda bir kunda o‘rtacha 24,6 ming nafar yo‘lovchi temir yo‘l transportidan foydalangan.
2022- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali jami 73,6 mln. tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.
Matbuot xizmati