Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumanida 2022- yilda 2 287,7 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,7%ni tashkil qilgan.
Jami mahsulotning 62,2 %i dehqon (shahsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda dehqon xo‘jaliklari tomonidan 984,6 mlrd so‘mlik chorvachilik, 354,1 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
2023- yilning 1- yanvar holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 90,3 ming bosh yoki viloyat umumiy ko‘rsatkichichning 18,6 %iga teng bo‘lgan qo‘y va echkilar boqilgan.
Axborot xizmati