2023- yilning 17- fevral sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida mehyoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yilning 10- fevralida qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarni toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli Farmoni va 2023- yil 25- yanvardagi “Oilaviy tadbirkrolikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab–quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-18-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan tushuntirishlar berildi.
Seminarda tarmoq bo‘limlari va tuman (shahar) statistika bo‘limlarining boshliqlari hamda xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.
Axborot xizmati