Bugun, 17- fevral kuni 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi Hazorasp tumani dehqon bozorida o‘tkazildi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi, savdo intervyuyeri J.Jumanazarovlar tomonidan o‘tkazilgan kuzatuv davomida dehqon bozoridagi ayrim mahsulotlarning bir kunlik va o'rtacha oylik narxlari, mahsulotlarning sotilish hajmi va kuzatuvning maqsadidan kelib chiquvchi boshqa ma’lumotlar olinib, planshetlarga kiritib borildi.
Axborot xizmati