17/02/2023

Joriy yilning 17- fevral kuni  Hazorasp tumanida 12-narx (iste’mol) oylik oziq-ovqat mahsulotlarining narx kuzatuvi  o‘tkazildi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari  U.Bardiyev tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi, narx registratori J. Qodirov  bilan birgalikda kuzatuvga tushgan  dislokatsiya savdo nuqtalarida narxlarning o‘zgarishini o‘rgandilar.

Kuzatuv jarayonida “Daily group eco”  supermarketi va Hazorasp tumani dehqon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ro‘yxatga olindi  va planshetlarga kiritildi, shuning barobarida U.Bardiyev tomonidan hududning narx registratoriga narxlarni tahlil qilish va planshetga to‘g‘ri qayd etish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati