Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholisi sonining viloyat bo‘yicha eng yuqori o‘sishi Tuproqqal’a tumanida qayd etilgan va 2,3 %ni tashkil qilgan.
Tumanda 2022- yilning 1- yanvariga nisbatan aholi soni 1 378 nafarga ko‘paygan va 57 936 kishiga yetgan.
Keyingi yuqori o‘sish ko‘rsatkichi Urganch shahrida qayd etilgan va 2,2 %ga teng bo‘lgan.
Ma’lumot uchun: 2023- yilning 1- yanvar holatiga Xorazm viloyati doimiy aholisining soni 1,8 %ga yoki 33 995 kishiga oshgan.
Axborot xizmati