16/02/2023

Bugun, 16- fevral kuni Urganch shahrida joylashgan Markaziy dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R.Atadjonov, Urganch shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi, savdo intervyuyeri Sh.Davletovlar tomonidan o‘tkazilgan kuzatuv davomida dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning bir kunlik va o'rtacha narxlari, mahsulotlarning sotilish hajmi va kuzatuvning maqsadidan kelib chiquvchi boshqa ma’lumotlar olinib, planshetlarga kiritib borildi.

 

Axborot xizmati