Joriy yilning 16- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi yetakchi mutaxassisi D.Tajimovalar Urganch shahar “Baynalminalchi” mahallasidan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuviga tushgan xonadon egasi U. Boltayeva bilan so‘rovnoma o‘tkazishdi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va bo’lim mutaxassisi N. Ro‘zmetovalar Xiva tumani “Serchalli” mahallasidagi xonadon egalari O.Ollanazarov hamda R. Atayevlar bilan suhbatlashib, uy xo‘jaliklarini tanlanma kuzatish yo‘riqnomasiga asosan o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Aytish lozimki, uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Axborot xizmati