Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Shovot tumanida 2022- yilning yanvar-dekabr oylaridagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmi782,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Umumiy savdo aylanmasi hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 51,0 %ni yoki 399,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, tuman umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining 100%i kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 16,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan. (2021- yilning shu davriga nisbatan 27,5 % ko‘p).
Axborot xizmati