Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida respublikamiz hududlarida tug‘ilgan chaqaloqlar sonida faqatgina Xorazm viloyatida o‘g‘il bolalarga nisbatan qiz chaqaloqlar soni ko‘p bo‘lgan.
Shu davrda viloyatimizda tug‘ilgan chaqaloqlarning 1 775 nafari yoki 50,6%ini qiz bolalar tashkil qilgan.
Respublika boʻyicha jami tugʻilgan chaqaloqlarning 36 695 nafarini (48,2 %) qiz bolalar tashkil etgan.
Axborot xizmati