14/02/2023
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Hududlar kesimida har 1000 aholiga eng yuqori tug‘ilish koeffitsienti Surxondaryo viloyatida 29,8 promilleni, Qashqadaryo viloyatida 27,3 promilleni, Jizzax viloyatida 27,3 promilleni tashkil qilgan.
Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar oyida tug‘ilish koeffitsienti 21,1 promillega teng bo‘lgan.
Matbuot xizmati