Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yangiariq tumanida 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 092,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan va 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga oshgan.
Umumiy hajmning 39,0%i yoki 724,8 mlrd so‘mi dehqonchilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tumanda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari:
don – 27,0 ming t
kartoshka – 13,1 ming t,
sabzavot – 55,0 ming t,
poliz mahsulotlari – 10,3 ming t
meva – 14,5 ming t
uzum – 1,6 ming t
Axborot xizmati