14/02/2023

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  2022– yilning  yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda  faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11 075,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan va 2021- yilning shu davriga nisbatan 6,7 %ga oshgan.

Viloyatning umumiy chakana savdo tovar aylanmasi  hajmida kichik biznesning ulushi 82,6 %ni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2018- yilga nisbatan 12,0 % ko‘paygan.

Hududlar ichida kichik biznes savdo aylanmasining yuqori hajmi Urganch shahrida qayd etilgan va 2 988,7 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

 

Axborot xizmati