2022- yilning 12 oyida Qo‘shko‘pir tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 14,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.
Shundan:
Eksport – 6,6 mln dollar,
Import – 7,9 mln dollar.
Eksport tarkibida eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 78,2 % yoki 5,0 mln dollarni tashkil qilgan.
Import hajmida kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlarning ulushi 26,1 %ni, mashina va transport asbob-uskunalarining ulushi 23,6 %ga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati